locale OZ

Vinisius «Real» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi - AS

Braziliyalik vinger Arbeloa qoʻl ostida oʻzini baxtli his qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius «Real» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi - AS
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior jamoaga Alvaro Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng, o‘zini yana klubning muhim o‘yinchisi sifatida his qilmoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi agentlarining «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralari tanaffussiz davom etmoqda. Tomonlarning hech biri 2027 yilning yozida yakuniga yetadigan mehnat kelishuvini uzaytirish zarurligiga shubha qilmayapti.

Hattoki, klub ichidagi braziliyalik vingerning kelajagiga tanqidiy nazar bilan qaragan shaxslar ham uning so‘nggi o‘yinlarda namoyish etayotgan yuqori saviyadagi futbolini e’tirof etishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Vinisius 2018 yilning yozidan buyon «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting