locale OZ

Vinisius 'Real' bilan shartnomasini uzaytirdi – manba

Uning maoshi ham oshirilgan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius 'Real' bilan shartnomasini uzaytirdi – manba
Photo: Getty Images

Madridning 'Real' klubi Vinisius Junior bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bergan.

Qayd etilishicha, 24 yoshli hujumchi 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekkan. Natijada futbolchining maoshi yiliga 20 million yevroga yetgan. Bu borada u Kylian Mbappé bilan tenglashgan.

Futbolchi eski shartnomasiga ko'ra, yiliga 15 million yevro atrofida maosh olgan.

Eslatib o'tamiz, Vinisiusning avvalgi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting