Vinisius: «Men Dominik Soboslay bilan koʻp muloqot qilaman, uni yoshligidan taniyman»
Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior «Liverpul» va Angliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Dominik Soboslay bilan do‘stona aloqada ekanligini ma’lum qildi.
«Futbolda «Real»dan tashqari do‘stlarim bormi? Men Dominik Soboslay bilan ko‘p muloqot qilaman, uni yoshligidan taniyman», — deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone nashri.
Eslatib o‘tamiz, Dominik Soboslay 2023 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilmoqda. Bungacha vengriyalik xavbek «RB Leypsig», «Red Bull Zalsburg» va «Lifering» jamoalarida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot uchun, braziliyalik futbolchi 2018 yildan buyon «qaymoqranglilar» safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda vinger klub miqyosida 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.