locale OZ

Vinisius Junior Jahon chempionatidan so‘ng tashqi qiyofasini o‘zgartirdi

26 yoshli futbolchi Braziliyaning Goyaniya shahridagi klinikada iyak qismiga yuzni uyg‘unlashtirish (chin harmonisation) muolajasini qildirgan.
Vinisius Junior Jahon chempionatidan so‘ng tashqi qiyofasini o‘zgartirdi
Foto: Getty Images

Braziliya terma jamoasi va "Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng yuz qiyofasini o‘zgartiruvchi estetik muolajadan o‘tdi. Futbolchining yangi ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Braziliyaning Goyaniya shahridagi klinikada iyak qismiga yuzni uyg‘unlashtirish (chin harmonisation) muolajasini qildirgan. Natijada uning iyagi va jag‘ chizig‘i ancha yaqqol ko‘rinish olgan.

Vinisiusning yangi suratlari internetda tez tarqaldi. Ayrim muxlislar futbolchini ilk qarashda tanimaganini yozgan bo‘lsa, boshqalar esa uning yangi imiji muvaffaqiyatli chiqqanini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatini 1/8 final bosqichida tark etgan edi. Dam olish ta'tilidan so‘ng Vinisius Junior yaqin kunlarda "Real Madrid"ning mavsumoldi yig‘iniga yangi qiyofada qo‘shilishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting