locale OZ

Vinisius Junior Braziliya muxlislariga murojaat qildi

Braziliya JCh-2026 nimchorak finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius Junior Braziliya muxlislariga murojaat qildi
Foto: Getty Images

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior JCh-2026 nimchorak finalida Norvegiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng ilk bor ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qildi.

"Sukut saqlash adolatdan bo‘lmasdi, ammo o‘zimni qo‘lga olish uchun menga bir necha kun kerak bo‘ldi. Mundial bilan nimchorak finaldayoq xayrlashish juda og‘ir. Biz bundan ham uzoqqa bora oladigan jamoa edik, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Muxlislardan uzr so‘rayman. Bitta narsaga va'da beraman — Braziliyani yana dunyo cho‘qqisiga olib chiqish uchun kurashishda davom etaman."

Eslatib o‘tamiz, Braziliya JCh-2026 nimchorak finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Bu Braziliyaning 2002-yildan beri davom etayotgan jahon chempionligi sog‘inchini yana uzaytirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting