Vinisius: «Irqchilar — bular avvalo qo‘rqoqlardir»
Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika» bilan o‘yinda (1:0) yuz bergan irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi.
«Irqchilar — bular avvalo qo‘rqoqlardir. O‘zlarining naqadar zaif ekanliklarini ko‘rsatib qo‘ymaslik uchun og‘izlarini futbolkalari bilan berkitib olishadi. Biroq ularni nazariy jihatdan jazolashi shart bo‘lganlar tomonidan himoya qilinmoqda.
Bugun sodir bo‘lgan voqea na mening hayotimda va na jamoam hayotida yangilik emas. Men golni nishonlaganim uchun sariq kartochka oldim, lekin nega ekanini hali ham tushunmayapman. Boshqa tomondan, bu shunchaki yomon ishlayotgan va hech qanday foydasi yo‘q protokoldir», — deb yozdi Vinisius o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning ikkinchi bo‘limida braziliyalik hujumchi «Benfika» a’zosi Janluka Prestiannini uni «maymun» deb haqorat qilganlikda ayblaganidan so‘ng o‘yin to‘xtatilgan edi.