locale OZ

Vinisius dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida 10-o‘ringa tushdi

Vinisiusning bozor qiymati pasayishi uning dunyoning eng qimmat futbolchilari orasidagi o‘rniga ham ta’sir qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida 10-o‘ringa tushdi
Foto: Getty Images

Transfermarkt futbolchilarning yangilangan bozor qiymatlarini e’lon qildi. Reytingda Lamin Yamal va Erling Holand 220 million yevrolik baho bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi, Kilian Mbappe esa 200 million yevro bilan uchinchi pog‘onani egallagan. Vinisius Juniorning qiymati esa 10 million yevroga pasayib, 130 million yevroni tashkil etdi va braziliyalik futbolchi 10-o‘ringa tushdi. Bu haqda Transfermarkt nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, reytingning yuqori qismida Maykl Olise 180 million yevro bilan 4-o‘rin, Jud Bellingem 160 million yevro bilan 5-o‘rin, Pedri esa 150 million yevro bilan 6-o‘rinni egallagan. Joau Nevesh, Xvicha Kvaratsxeliya va Vitinya esa 140 million yevrolik qiymat bilan 7-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Vinisiusning bozor qiymati pasayishi uning dunyoning eng qimmat futbolchilari orasidagi o‘rniga ham ta’sir qildi. Avvalroq yuqori pog‘onalarda bo‘lgan “Real Madrid” vingeri endilikda 130 million yevrolik baho bilan kuchli o‘nlikni yakunlab turibdi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt reytingidagi kuchli o‘nlik quyidagicha: Lamine Yamal — 220 mln yevro, Erling Holand — 220 mln, Kilian Mbappe — 200 mln, Maykl Olise — 180 mln, Jud Bellingem — 160 mln, Pedri — 150 mln, Joau Nevesh — 140 mln, Xvicha Kvaratsxeliya — 140 mln, Vitinya — 140 mln va Vinisius Junior — 130 mln yevro.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting