locale OZ

Vinisius Drogbani ortda qoldirib, Sadio Manega yetib oldi

Braziliyalik futbolchi Chempionlar Ligasidagi 15-golini urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius Drogbani ortda qoldirib, Sadio Manega yetib oldi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida dubl qayd etdi. Mazkur o‘yindagi gollari evaziga braziliyalik futbolchi ushbu nufuzli musobaqadagi gollari sonini 15 taga yetkazdi.

Opta nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Vinisius yevropalik bo‘lmagan futbolchilar orasida Chempionlar Ligasida urilgan gollar soni bo‘yicha «Chelsi»ning sobiq afsonasi Didye Drogbani (14 ta gol) ortda qoldirdi. Hozirda u ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Liverpul»ning sobiq hujumchisi Sadio Mane bilan tenglashib oldi. Mazkur reytingda peshqadamlik hamon «Barselona»ning sobiq yulduzi Lionel Messiga tegishli bo‘lib, uning hisobida 49 ta gol mavjud.

Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi javob bahsi 2:1 hisobida madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Birinchi o‘yinda qayd etilgan 3:0 hisobidagi ustunlikni ham hisobga olganda, «qirollik klubi» umumiy 5:1 hisobi bilan chorak finalga yo‘llanma oldi. «Real» pley-off bosqichida «Benfika»ni (3:1) mag‘lub etgan edi. «Manchester Siti» esa musobaqaning umumiy bosqich bosqichini 16 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining final bahsi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting