Vinisius, Bernardu Silva va Brahim Dias “Real” qarorgohiga qaytdi
“Real” La Ligadagi yangi mavsumni 22-avgust kuni “Espanyol”ga qarshi safar uchrashuvi bilan boshlaydi.
Foto: Getty Images
“Real Madrid” Vinisius Junior, Bernardu Silva va Brahim Dias jamoa qarorgohiga yetib kelganini ma’lum qildi. Futbolchilar 2026-yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki sabab uzaytirilgan ta’tildan so‘ng yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Braziliyalik, portugaliyalik va marokashlik futbolchilar mashg‘ulotlarga kirishishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Bernardu Silva joriy yozda “Manchester Siti” bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida Madrid klubiga qo‘shilgan edi.
“Real” La Ligadagi yangi mavsumni 22-avgust kuni “Espanyol”ga qarshi safar uchrashuvi bilan boshlaydi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist