locale OZ

Vinisius «Atletik»ka qarshi o‘ynamaydi

U murabbiylar shtabi ruxsati bilan jamoa qarorgohini tark etib, Braziliyaga yo‘l oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius Atletik’ka qarshi o‘ynamaydi
ФОТО: Getty images

"Real" hujumchisi Vinisius Junior La Liganing so‘nggi turida "Atletik"ka qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi murabbiylar shtabi ruxsati bilan jamoa qarorgohini tark etib, Braziliyaga yo‘l olgan. U milliy jamoaga qo‘shilib, jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘radi.

Joriy mavsumda Vinisius "Real" safida 53 o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 14 ta assist qayd etdi.

Braziliya terma jamoasi JCh–2026da C guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanadada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting