locale OZ

«Vilyarreal» Alfonso Pedrasaning jamoadan ketishi eʼlon qildi

Mutaxassis 15 yildan soʻng klubni tark etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Vilyarreal» Alfonso Pedrasaning jamoadan ketishi eʼlon qildi
FOTO: Getty Images

Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi himoyachisi Alfonso Pedrasa joriy mavsum yakunlangach, jamoani tark etadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

«Vilyarreal» va Alfonso Pedrasa oʻrtasidagi hamkorlik 2025/2026 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Shu tariqa, tajribali himoyachining «sariq suvosti kemasi» bilan bogʻliq boʻlgan 15 yillik muvaffaqiyatli davri nihoyasiga yetmoqda.

«Klub akademiyasidan yetishib chiqqan andalusiyalik futbolchi asosiy jamoa safida jami 234 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 2021 yilda Yevropa ligasida gʻolib chiqish, UEFA Superkubogida qatnashish hamda 2022 yilda Chempionlar Ligasi yarimfinaliga qadar yetib borishda ulkan hissa qoʻshib, „Vilyarreal“ tarixidagi eng muhim futbolchilardan biriga aylandi. 24-raqamli futbolchi oʻzining klubdagi faoliyatini jamoaning ketma-ket ikkinchi marta Yevropaning eng nufuzli turniri (YChL) yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi bilan yakunlamoqda», — deyiladi klub bayonotida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting