Viktoriya Sirota: «Biz saralash o‘yinlariga tayyormiz»
O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi ertaga Qirg‘izistonga qarshi o‘ynaydi.
Фото: ЎФА
15 oktabr kuni O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi 2026-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi “G” guruhining ilk uchrashuvida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin oldi matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi Viktoriya Sirota o‘z fikrlarini bildirdi.
“Turnirga tayyorgarlik reja asosida amalga oshirildi. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari hamda turnirlarda ishtirok etdik. Jamoaning kayfiyati a’lo darajada. Biz tayyormiz. O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi va U-20 terma jamoasi Osiyo kubogiga yo‘llanma olishdi. Bu futbolchilarimizga bosim emas, motivatsiya bo‘ladi. Ular uddalashdi, biz ham uddalaymiz. Men buni bosim deb bilmayman”, - deya Sirota so‘zlaridan keltiradi O‘FA matbuot xizmati.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist