Viktor Osimhen muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhen UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan safar o‘yinida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi. Bugun, 23 mart kuni futbolchi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Osimhen mersisaydliklar himoyachisi Ibraima Konate bilan to‘qnashuvda jarohat olgan va bir necha oyga safdan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, pley-off bosqichining Istanbuldagi dastlabki uchrashuvi «Galatasaroy»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Liverpuldagi javob bahsida esa ingliz klubi 4:0 hisobida ustun keldi.
Avvalroq, uchrashuvdan so‘ng turk klubi muxlislari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Ibraima Konatega nisbatan irqchilik mazmunidagi hujumlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.