locale OZ

Viktor Munos Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z jismoniy holati haqida gapirdi

Mazkur uchrashuv 6-iyul kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Viktor Munos Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z jismoniy holati haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya milliy terma jamoasi hujumchisi Viktor Munos JCh-2026 nimchorak finali doirasidagi Portugaliyaga qarshi bahsga qanchalik tayyor ekanligi borasida to‘xtaldi. Hozirgi vaqtga qadar futbolchi musobaqa doirasida biror marta maydonga tushgani yo‘q, u mavsum yakunida olgan jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tkazayotgan edi. Mazkur uchrashuv bugun, 6-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

«O‘zimni ancha yaxshi his qilyapman, sekin-asta jamoa bilan birga mashg‘ulotlar ritmiga kirib boryapman. Sport formamni tiklamoqdaman, garchi bu oson bo‘lmayotgan bo‘lsa-da, chunki men uzoq vaqt maydondan tashqarida qolib ketdim. Agar jamoaga yordamim kerak bo‘lsa, men tayyorman.

Yoshlik paytlaringda maydonga tushish va faqat oldinga intilish istagi seni ko‘proq boshqaradi. O‘tgan vaqt davomida men o‘z tanamga quloq solishni va unga nima kerakligini tushunishni o‘rgandim. Ushbu uchrashuvni intizorlik bilan kutyapman. Bu qiyin, ammo juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi, unda biz tengma-teng kurashishga harakat qilamiz va agar buni uddalay olsak, g‘alabaga yaqin kelamiz», — deya Munosning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 bahslari 11-iyundan 19-iyulga qadar Meksika, AQSh va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning 1/16 final bosqichida ispanlar Avstriya terma jamoasini 3:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting