Viktor Dyokeresh — \"Arsenal\" futbolchisi
Photo: Getty Images
Londonning "Arsenal" klubi shved hujumchisi Viktor Dyokeresh transferini nihoyat e'lon qildi.
"To'pchilar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasida besh yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi. "Arsenal" hujumchi uchun "Sporting"ga 63,5 million yevro to'ladi.
Shuningdek, kelishuvda 10 million yevro bonus ham nazarda tutilgan.
Ma'lumot uchun, Dyokeresh o'tgan mavsum "Sporting" safida jami 52 ta o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hammayoqda, "Sporting" safida barcha turnirlarda 102 ta o'yinda Dyokeresh 97 ta gol urgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor