locale OZ

Vieira: «Duo Yevropadagi eng yaxshi yosh futbolchi. U sovrin uchun haqli»

Noyabr oyida "Golden Boy" sovrini o‘z egasiga topshiriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vieira: «Duo Yevropadagi eng yaxshi yosh futbolchi. U sovrin uchun haqli»
ФОТО: Getty images

"Arsenal" klubi afsonasi Patrik Vieira "Golden Boy" sovrinining asosiy favoritlaridan biri Daziré Duo haqida gapirdi.

"Daziré Duo Yevropadagi eng yaxshi yosh futbolchi. U nafaqat Chempionlar ligasi finalida gollar urdi, balki butun mavsum davomida o‘z iste’dodini to‘liq namoyon etdi. Esimda, Daziré "Renn"da o‘ynab yurgan paytida ham sezilarli darajada o‘sishga erishgan edi.

“PSJ”da esa to‘liq katta figura bo‘lishga ulgurgan. Duo qiyin vaziyatlarni boshidan o‘tkazdi, ammo mehnat qilishdan to‘xtamadi va hech qachon taslim bo‘lmadi.

Lamin Yamal bu yil nomzodlar orasida yo‘qligini inobatga olsak, ushbu sovrinni yutishga asosiy da’vogar aynan u. Men uni dunyodagi zo‘rlar ichida eng zo‘ri deb hisoblayman", — dedi sobiq futbolchi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting