Veynaldum yana APLga qaytishni istamoqda
«Liverpul» va «PSJ» klublarining sobiq yarimhimoyachisi Jorjinyo Veynaldum kelasi mavsumda, ya’ni Saudiya Arabistonining «Al Ittifoq» klubi bilan shartnomasi yakunlangach, yana Premyer-ligaga qaytishni istamoqda.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, 35 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti va u hali ham APL klublariga foyda keltira olishiga ishonmoqda.
Hozirgi vaqtda uning kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilinmagan bo‘lsa-da, Angliyaga qaytish uning uchun asosiy maqsad bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Veynaldum «Liverpul» safidagi besh mavsum davomida 237 ta o‘yinda maydonga tushgan hamda 2021 yilda «PSJ»ga o‘tishidan avval jamoasi bilan Premyer-liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi. U so‘nggi uch mavsumni «Al Ittifoq» safida o‘tkazdi.