Veynaldum faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin
Niderlandiyalik tajribali yarim himoyachi Jorjino Veynaldum faoliyatini AQShning MLS chempionatida davom ettirishi mumkin.
35 yoshli futbolchi "Real Solt-Leyk" klubi bilan muzokaralar o‘tkazgan. Tomonlar ehtimoliy transfer bo‘yicha muloqot qilgan, Veynaldum esa Amerika klubi haqida ijobiy taassurot olgan va MLSga o‘tishga qarshi emas. Biroq hozircha kelishuv tuzilgani yo‘q.
Veynaldum hozir erkin agent hisoblanadi. U Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubini tark etganidan keyin yangi jamoa izlamoqda.
Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyati davomida "Feyenoord", PSV, "Nyukasl", "Liverpul", "PSJ", "Roma" va "Al-Ittifoq" klublarida o‘ynagan. Ayniqsa, "Liverpul" safidagi besh mavsum uning faoliyatidagi eng yorqin davrlardan biri bo‘lgan. U mersisaydliklar bilan Angliya chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.