locale OZ

Veynaldum APLga qaytishi mumkin

Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vijnaldum APLga qaytishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi Jorjiniyo Veynaldum Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Football Insider nashrining xabariga ko'ra, kelasi mavsumda APLda to'p suradigan "Koventri" hozirda "Al-Ittifoq"da harakat qilayotgan 35 yoshli gollandiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ingliz klubi yarim himoyachiga bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Jorjiniyo Veynaldum “Al-Ittifoq”ga 2023 yilda “PSJ”dan 8 million yevro evaziga o'tgan edi.

Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Saudiya Arabistoni klubi safida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt Vijnaldumning narxini 2,5 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting