«Vest Xem» Bouenni sotishga tayyor. Unga 3 klub qiziqmoqda
Jarrod 2020 yildan buyon "Vest Xem" sharafini himoya qilib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
“Vest Xem” klubi yarim himoyachisi va sardori Jarrod Bouen Angliya Premyer-ligasining qator yetakchi jamoalari diqqat markazida. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Unga “Chelsi”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, agar jamoa Premyer-ligadan tushib ketsa, moliyaviy holatni yaxshilash maqsadida bir qator yetakchi futbolchilarni sotish masalasi ko'rib chiqilishi mumkin. Ularning orasida Bouen ham bor.
Qayd etilishicha, Jarrod 2020 yildan buyon “Vest Xem” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u jamoaning yetakchilaridan biri bo‘lib, 8 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist