locale OZ

«Vest Hem» Santuni ishdan bo‘shatilmaydi

London klubi ligadan tushib ketishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Vest Hem» Santuni ishdan bo‘shatilmaydi
ФОТО: Getty images

“Vest Hem Yunayted” bosh murabbiyi Nunu Eshpirutu Santu klub Angliya Premyer-ligasidan chiqib ketgan taqdirda ham o‘z lavozimida qolishi mumkin, deb xabar beradi The Telegraph.

Nunu “Nottingem Forest”dan ishdan bo‘shatilganidan atigi 18 kun o‘tib, Grem Potter o‘rniga sentabrdan buyon klubni boshqarib kelmoqda.

O‘sha paytda “Vest Hem” turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turgan edi va yanvargacha klub muxlislarni ijobiy natijalar bilan xursand qilmadi, shu sababli Santu bilan xayrlashish mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi.

Jumladan, qishki transferlar yordamida Nunu jamoa o‘yinini barqarorlashtirishga va xavfli zonadan ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi, biroq “Tottenhem”ning ketma-ket ikkita g‘alabasidan so‘ng “bolg‘achilar” yana turnir jadvalining quyi pog‘onasiga tushib qoldi.

Shunga qaramay, bu mavsum qanday yakunlanishidan qat’i nazar, London klubi rahbarlari Nununing ishidan mamnun va portugaliyalik mutaxassisning qolishini istashmoqda, deya ta’kidlaydi The Telegraph.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting