«Vest Hem» oʻz tarkibini AQSh milliy jamoasi hujumchisi bilan kuchaytirmoqchi
«Vest Hem» «Norvich Siti» va AQSh milliy jamoasi hujumchisi Josh Sarjentga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «bolg‘achilar» ushbu transferni yanvar oyidayoq amalga oshirish niyatida. London klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Sarjentni Bundesligaga qaytishi mumkin bo‘lgan Niklas Fyullkrugning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
«Vest Hem» mazkur kelishuvni 15 mln funt evaziga yopishga umid qilmoqda.
Josh Sarjent AQSh futbol akademiyalari hamda Germaniyaning «Verder» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yildan buyon «Norvich Siti» safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalar doirasida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.