locale OZ

“Vest Hem” abonementlar sotuvi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Jamoa muxlislari jamoasidan yuz o‘girmadi.
“Vest Hem” abonementlar sotuvi bo‘yicha rekord o‘rnatdi
FOTO: Getty Images

“Vest Hem” Premyer-ligadan tushib ketganiga qaramay, klub muxlislari jamoani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. London klubi 2026/27-yilgi mavsum uchun 50 mingta mavsumiy abonement sotib, o‘z tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu natija o‘tgan mavsumdagidan ham yuqori bo‘ldi.

Shu tariqa “Vest Hem” Chempionship tarixidagi eng yirik mavsumiy abonement sotuvlaridan biriga erishdi. Klub rahbariyati muxlislarning bunday ishonchi jamoaning elitaga qaytish yo‘lidagi eng katta motivatsiya ekanini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Vest Hem” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Premyer-ligani tark etgan edi. Shunga qaramay, muxlislar jamoadan yuz o‘girmay, yangi mavsum oldidan rekord darajada abonement xarid qilishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting