locale OZ

«Vest Hem» 21 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Transfer hafta oxirigacha rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Vest Hem» 21 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

21 yoshli «Gil Visente» hujumchisi Pablo o‘z karerasini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi. Futbolchi Londonning «Vest Hem» klubi bilan transfer shartnomasini kelishib oldi, deya xabar beradi Florian Pletttenberg.

Manbaga ko‘ra, kelishuv nafaqat klub, balki shaxsiy darajada ham tasdiqlangan. Pablo «bolg'achilar» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 23 mln yevroni tashkil etadi.

Pablo bugun yoki ertaga «Vest Hem»ga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. Transfer butunlay hafta oxirigacha rasmiylashtiriladi.

Futbolchining ikki fuqaroligi bor — Braziliya va Portugaliya. Hozirgi mavsumda u Portugaliya chempionatida 13 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting