locale OZ

Verratti “Peskara” aksiyadoriga aylanadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Verratti “Peskara” aksiyadoriga aylanadi
Photo: Getty Images

“Al-Arabi” yarim himoyachisi Marko Verratti “Peskara” aksiyadoriga aylanadi. Bu haqda TUTTOmercatoWEB xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli italiyalik yaqin kunlarda klubning 44 foiz aksiyalarini sotib olishni yakunlab, kelishuvga 1,5 milliondan 1,7 million yevrogacha sarmoya kiritadi.

Marko "Peskara"ning yoshlar akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2011/12 yilgi mavsumda jamoa Verratti bilan birgalikda A Seriyaga chiqqan.

Keyingi yozda uning "PSJ"ga sotilishi Italiya klubiga 12 million yevro olib kelgan.

"Peskara" Italiya C seriyasida o‘ynaydi. Joriy mavsumda jamoa to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Klub ayni damda pley-off bosqichiga chiqish uchun kurash olib bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting