«Verona» hujumchisi «Milan»ga qarshi oʻyindan soʻng muxlis bilan mushtlashib ketdi
Ushbu tortishuv mehmonxona xodimining aralashuvi bilan toʻxtatildi.
FOTO: Getty Images
«Verona» hujumchisi Gift Orban A Seriyaning 33-turidan o‘rin olgan «Milan»ga qarshi o‘yindan (0:1) so‘ng muxlis bilan mushtlashib ketdi. Bu haqda Corriere Dello Sport nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Orban fanat bilan suratga tushish uchun o‘z avtomobilini to‘xtatishdan bosh tortgan, shundan so‘ng muxlis mashinaga zarba bergan. Natijada nigeriyalik forvard mashinadan tushib, ishqiboz bilan janjallashgan.
Mushtlashuv mehmonxona xodimining aralashuvi bilan to‘xtatilgan va u Orbanni yana mashinaga o‘tirishga majbur qilgan.
Ayni damda «Verona» Italiya chempionati turnir jadvalida 33 ta o‘yindan so‘ng 18 ochko jamg‘argan holda oxiridan bitta oldingi — 19-o‘rinni egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist