Vensan Kompani «PSJ»ga qarshi dastlabki oʻyinni oʻtkazib yuboradi
Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani diskvalifikatsiya sababli Chempionlar Ligasining yarimfinali doirasidagi «PSJ»ga qarshi dastlabki uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Germaniya jamoasi ustozi chorak finalning «Real»ga qarshi kechgan javob bahsida (4:3) sariq kartochka oldi va bu uning uchun navbatdagisi bo‘ldi.
Myunxenliklar va parijliklar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuni «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tadi.
30 may kuni Budapeshtdagi (Vengriya) «Pushkash Arena» stadionida o‘tkaziladigan finalda «Bavariya» — «PSJ» juftligi g‘olibi «Atletiko» — «Arsenal» qarama-qarshiligining kuchli jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda Fransiya klubi Milanning «Inter» jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.