Vensan Kompani: «Murabbiy boʻlishimda Pepning taʼsiri katta boʻlgan»
Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi va «Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Vensan Kompani Pep Gvardiolaning joriy mavsum yakunida ingliz klubini tark etish qaroriga munosabat bildirdi.
«Gvardiolaning menga koʻrsatgan taʼsiri? Albatta, mening oʻz xarakterim va shaxsiyatim bor. Ammo men Pepga menga ishongani va murabbiy boʻlishimga koʻzi yetgani uchun minnatdorchilik bildirishim kerak. Uning taʼsiri juda ulkan boʻlgan.
Odamlar taktika va texnika haqida koʻp gapirishadi, lekin yakunda hammasi gʻalaba qozonish istagiga va doimo oldinga intilishga borib taqaladi. Pep bilan ishlash men uchun sovgʻa edi. U bilan oʻtkazgan yillarim ichimda murabbiy boʻlish istagini uygʻotgan», — deydi Kompani.
Maʼlumot uchun, 55 yoshli Pep Gvardiola «Manchester Siti»dagi 10 yillik faoliyati davomida 20 ta sovrin yutdi. Ular orasida APLdagi 6 ta chempionlik va Chempionlar Ligasi gʻolibligi bor.