locale OZ

Vensan Kompani Gvardiola, Stouns va Bernarduning xayrlashuv marosimida ishtirok etdi

«Bavariya» bosh murabbiyi 2008 yildan 2019 yilga qadar «Man Siti» safida toʻp surgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vensan Kompani Gvardiola, Stouns va Bernarduning xayrlashuv marosimida ishtirok etdi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» bosh murabbiyi va «Manchester Siti»ning sobiq sardori Vensan Kompani jamoani tark etgan bosh murabbiy Pep Gvardiola, shuningdek, «shaharliklar» futbolchilari Jon Stouns va Bernardu Silva bilan xayrlashish hamda ularni sharaflash marosimida ishtirok etdi.

Angliya Premyer-ligasining 38-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga qarshi o‘yindan (1:2) so‘ng «Etihad» stadioni maydonida vaqtincha sahna qurildi. Unda «Manchester Siti» tarixida o‘chmas iz qoldirgan afsonaviy shaxslar birin-ketin sahnaga ko‘tarilib, Gvardiola davrida qo‘lga kiritilgan sovrinlarni olib chiqishdi.

Ushbu tadbirda 2008 yildan 2019 yilga qadar klub sharafini himoya qilgan Kompani ham qatnashib, o‘z qo‘llarida APL chempionlik kubogini namoyish etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting