locale OZ

Vengriya terma jamoasi tarkibini e’lon qildi

Tarkibdan tajribali Attila Toth va Benyamin Haas bilan bir qatorda, yangi futzalchilar ham o‘rin olgan.
Vengriya terma jamoasi tarkibini e’lon qildi
photo: UFF

Vengriya terma jamoasi tarkibini e’lon qildi

Xabar berganimizdek, 17 va 19-sentabr kunlari Xose Mariya Mendes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidagi Budayorsh shahrida mezbonlar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bahslar «Aramis» sport saroyi zalida o‘tkaziladi.

Vengriya terma jamoasi mazkur uchrashuvlar uchun tarkibini shakllantirdi.

Tarkibdan tajribali Attila Toth va Benyamin Haas bilan bir qatorda, yangi futzalchilar ham o‘rin olgan. Marsell Tarnotsi («Uypesht»), Laslo Abel Papp (MFA) va Chaba Magyar (MVFC) ilk bor milliy terma jamoaga chaqiruv oldi.

Darvozabonlar:
• Alastich Marcell («Aramis»)
• Gémeshi Gergyo («Uypesht FC»)
• Tarnótsi Marcell («Uypesht FC»)

Maydon o‘yinchilari:
• Salmásh Zoltán («Uypesht FC»)
• Sushák Máté («Uypesht FC»)
• Rutai Baláj («Uypesht FC»)
• Győri Baláj («Nyíregyháza»)
• Szabó Layosh («Nyíregyháza»)
• Haás Benjámin («Veszprém»)
• Kovách Máté («Veszprém»)
• Rábl Yánosh («MVFC»)
• Madyari Chaba («MVFC»)
• Tóth Attila («DEAC»)
• Papp László Ábel (Magyar FA)
• Kaytár Mátyásh («H.O.P.E. Futsal»)
• Bartha Baláj («Nyírbátor»)

O‘zbekiston — Vengriya
17-sentabr | 🕥 21:30
19-sentabr | 🕗 19:00
Budayorsh, «Aramis» sport saroyi

Uchrashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting