locale OZ

Venesuelalik futbolchi zilziladan so‘ng bedarak yo‘qoldi

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Venesuelalik futbolchi zilziladan so‘ng bedarak yo‘qoldi
FOTO: Getty Images

Venesuelada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida mamlakat yoshlar terma jamoasi futbolchilaridan biri bedarak yo‘qolgani ma’lum qilindi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, futbolchi tabiiy ofat sodir bo‘lgan hududda bo‘lgan va shu paytgacha u bilan aloqa o‘rnatilmagan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Venesuela futbol federatsiyasi futbolchining yaqinlari bilan doimiy aloqada ekanini ma’lum qilib, uning tezroq topilishiga umid bildirgan. Ayni paytda rasmiylar qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Maʼlumot uchun, 24-iyun kuni Venesuelada ketma-ket 7,2 va 7,5 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida yuzlab insonlar halok bo‘ldi va jarohatlandi, minglab fuqarolar esa bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting