locale OZ

Vataru Endo jarohat sabab JCh-2026ni oʻtkazib yuboradi

Yaponiyalik futbolchi milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vataru Endo jarohat sabab JCh-2026ni oʻtkazib yuboradi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» hamda Yaponiya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Vataru Endo jarohati sababli 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Angliya klubi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bundan tashqari, 33 yoshli futbolchi Yaponiya milliy terma jamoasidagi faoliyatini butunlay yakunlaganini eʼlon qildi.

«Boshingni baland koʻtar, Vata», — deya qayd etilgan «Liverpul» klubi qoldirgan xabarda.

Mersisaydliklar yarimhimoyachisining oʻrniga jamoaga Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi aʼzosi Syuto Matino jalb etiladi.

Maʼlumot uchun, Vataru Endo Yaponiya terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U milliy jamoadagi debyutini 2015-yilda nishonlagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting