locale OZ

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi

Mashg‘ulotlar davomida mo‘ljalga olish va otish texnikalari tushuntirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi
photo: kamondan otish

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda mamlakatimizda har yili 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan Vatanparvarlik oyligi doirasida Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikaning turli hududlarida kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Xususan, Jizzax viloyatida Jizzax shahridagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari ishtirokida kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazilib, ishtirokchilarga ushbu sport turining asosiy qoidalari va amaliy mashg‘ulotlari namoyish etildi.

Qashqadaryo viloyatida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan Vatanparvarlik oyligi doirasida kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etilib, mazkur mashg‘ulotlar yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda milliy an’analarni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Surxondaryo viloyatida Termiz shahrida joylashgan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun 18 metr masofadagi nishonlarga mutaxassis murabbiylar hamda Milliy gvardiyaning mas’ul harbiy xizmatchilari ishtirokida kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida mo‘ljalga olish va otish texnikalari tushuntirildi.

Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan sport tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida Buxoro davlat universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalari ishtirokida kamondan otish bo‘yicha musobaqa va mahorat darsi o‘tkazildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida Vatanparvarlik oyligi doirasida yoshlar uchun kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etilib, mazkur tadbirlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va vatanparvarlik g‘oyalarini mustahkamlashga qaratildi.

Xorazm viloyatida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi mas’ullari tomonidan Urganch shahridagi 24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining Yosh gvardiyachilari uchun “Chavandozlar maktabi”ga sayohat tashkil etilib, o‘quvchilarga chavandozlik hamda kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Namangan viloyatida Davlatobod tumani 56-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi mas’ul ofitserlari tomonidan kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Barcha hududlarda o‘tkazilgan tadbirlar davomida yoshlarga nafaqat kamondan otish sport turining tarixi va rivoji, balki qadimdan O‘zbekiston hududida yashab kelgan xalqlarning tarixi, milliy urf-odat va an’analari, shuningdek, yurtimiz taraqqiyoti va himoyasiga munosib hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur mahorat darslarining asosiy maqsadi — kamondan otish sport turini yoshlar orasida keng ommalashtirish, yosh avlodni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Bu kabi tadbirlar yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatni oshirish hamda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting