locale OZ

“Vasko da Gama” sardori Neymarga qo‘l uzatishdan bosh tortdi

Neymar raqibining bu harakatidan hayron bo‘lib, unga bir muddat qarab qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Vasko da Gama” sardori Neymarga qo‘l uzatishdan bosh tortdi
Foto: Getty Images

Braziliya A Seriyasining 22-turidan o‘rin olgan “Vasko da Gama” — “Santos” uchrashuvi oldidan noodatiy holat yuz berdi. Mezbonlar sardori Tyago Mendesh an’anaviy o‘yinoldi salomlashuvi vaqtida “Santos” sardori Neymarning qo‘lini siqishdan bosh tortdi.

Neymar raqibining bu harakatidan hayron bo‘lib, unga bir muddat qarab qoldi. Shundan so‘ng braziliyalik yulduz vaziyatga ortiqcha munosabat bildirmasdan, hakamlar va boshqa futbolchilar bilan salomlashishda davom etdi.

Uchrashuvning o‘zi esa “Santos”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlar “Vasko da Gama”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Neymar bahsni to‘liq o‘tkazdi, biroq gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Ma'lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng “Santos” 25 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog‘onasiga ko‘tarilib, quyi ligaga tushib ketish zonasini tark etdi. “Vasko da Gama” esa 22 ochko bilan 19-o‘rinda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting