locale OZ

Vasiliy Smolin: Iste’dodli yoshlaringizni yengish oson kechmadi

Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Vasiliy Smolin o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vasiliy Smolin: Iste’dodli yoshlaringizni yengish oson kechmadi
photo: Google

Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Vasiliy Smolin o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Assalomu alaykum. O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi ikkita ajoyib o‘rtoqlik uchrashuvining shohidi bo‘ldik. Har ikkala o‘yinning so‘nggi soniyalarigacha katta hayajon ostida o‘tirdik. birinchi bahsda 3:1, ikkinchi o‘yinda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, raqib menda juda iliq taassurot qoldirdi. Fursatdan foydalanib bizning mamlakatimizga tashrifingiz uchun tashakkur izhor etaman. Bunday o‘rtoqlik uchrashuvlari ko‘p bo‘lishini istayman.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida bir qator iqtidor egalarini ko‘rdim. Ayniqsa darvozabonlaringizning harakatlari menga manzur bo‘ldi. Jamoa sardoringiz (Bekzod Mirqosimov) va chap qanot hujumchingiz (Abdulboriy Ilyosov) juda ham iste’dodli, salohiyatli ekanliklarini namoyish etishdi. Bizga nisbatan terma jamoangiz a’zolari biroz yosh bo‘lsa-da, ularni yengish oson kechmadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting