Vardi «Kremonese»ni tark etadi
Jeymi 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
ФОТО: Getty images
Angliyalik hujumchi Jeymi Vardi “Kremonese” jamoasini tark etishga yaqin.
39 yoshli forvard A Seriyada o‘z o‘rnini saqlab qola olmagan “yo‘lbarslar” safini tark etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Joriy mavsumda Vardi 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Kremonese” A Seriya mavsumini 34 ochko bilan 18-o‘rinda yakunladi. Natijada jamoa B Seriyaga tushib ketdi.
Ma’lumot uchun, Jeymi “Lester”da ajoyib mavsumlarni o‘tkazgan. Bu klub bilan Angliya Premyer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist