locale OZ

VAR endilikda ikkinchi sariq kartochkalar bilan bogʻliq vaziyatlarga aralasha oladi — BBC

Yangi qoida JCh-2026da sinovdan oʻtkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
VAR endilikda ikkinchi sariq kartochkalar bilan bogʻliq vaziyatlarga aralasha oladi — BBC
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) futbol qoidalariga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritdi. Islohotlarning asosiy qismi VAR tizimi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, endilikda videoassistentlar nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka, balki ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilgan vaziyatlarga ham aralashish huquqiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, VAR hakamlari quyidagi holatlarda ham qarorni qayta ko‘rib chiqishlari mumkin:

  • Maydondagi hakam futbolchilarni adashtirib yuborganida (noto‘g‘ri o‘yinchiga kartochka ko‘rsatilsa);
  • Noto‘g‘ri ko‘rsatilgan sariq yoki qizil kartochkalarni bekor qilish yoki tuzatish zarur bo‘lganda.

Ushbu o‘zgarishlar 2026/2027 yilgi mavsumdan e’tiboran kuchga kiradi. Biroq, yangi qoidalar sinov tariqasida 2026 yili AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida qo‘llaniladi.

FIFA ushbu tashabbusni adolatni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida qo‘llab-quvvatladi. Biroq, bir qator yetakchi ligalar vakillari ushbu qarorga nisbatan e’tiroz bildirishmoqda. Ularning fikricha, vakolatlarning kengayishi o‘yin davomida to‘xtalishlar sonining ko‘payishiga va futbol dinamikasining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting