locale OZ

VAR boʻyicha navbatdagi oʻquv seminari boshlandi

Ushbu seminarda VAR litsenziyasiga ega boʻlmagan iqtidorli yosh hakamlar hamda ayol hakamlar ishtirok etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
VAR boʻyicha navbatdagi oʻquv seminari boshlandi.
Фото: UzFHM

Milliy futbol markazida 1–5-dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan VAR boʻyicha navbatdagi oʻquv seminari boshlandi.

Ushbu seminarda VAR litsenziyasiga ega boʻlmagan iqtidorli yosh hakamlar hamda ayol hakamlar ishtirok etmoqda.

Hakamlar VAR texnologiyalarining amaliy va nazariy jihatlari, texnik jarayonlar, oʻyin epizodlari boʻyicha tajribali mutaxassislar tomonidan o’qitiladi.

Seminar davomida hakamlar turli oʻquv mashgʻulotlar, test sinovlari va real oʻyin vaziyatlari asosida tahlil jarayonlarida qatnashib, oʻz malakasini yanada oshirishlari rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting