locale OZ

«Vaqtni behuda sarflamang». Islom Maxachev ehtimoliy raqiblariga murojaat qildi

Rossiyalik UFC jangchisi oʻzining navbatdagi janggini Ramazon oyidan soʻng oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Vaqtni behuda sarflamang». Islom Maxachev ehtimoliy raqiblariga murojaat qildi
FOTO: Getty Images

UFCning yarimo‘rta vazn toifasidagi chempioni Islam Maxachev o‘zining ehtimoliy raqiblariga murojaat qilib, o‘z kuchiga ishonchi komil ekanini namoyish etdi. Rossiyalik jangchi raqiblarning tayyorgarlik jarayoniga kinoya bilan munosabat bildirdi.

«Garri Gruziyada o‘zini kuchaytira oladimi? Ehtimol, qaysidir mahorati oshishi mumkin. Ammo men kurash bilan ikki-uch oy emas, butun umr shug‘ullanganman. Men bularga e’tibor ham bermayman. So‘nggi janglarim davomida kimlardir kimnidir o‘z lageriga jalb qiladi, lekin natija nolga teng. Shunday ekan, vaqtingizni bekorga sarflamang», — deya Maxachev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFCning ushbu vazndagi 14-raqamli jangchisi Maykl Peyj Maxachev va irlandiyalik Ian Garri o‘rtasidagi ehtimoliy jangni tahlil qilib, o‘z fikrlarini bildirgan edi. Maxachevning ushbu keskin javobi Ian Garrining Gruziyadagi yig‘inlari va uning kurash borasidagi iddaolariga nisbatan aytilgani taxmin qilinmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting