Vanoli «Fiorentina»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi
Vanoli 2024 yilning iyulidan 2025 yilning iyunigacha "Torino"ni boshqargan.
ФОТО: Getty images
"Fiorentina" 53 yoshli Paolo Vanoli bilan jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Gianluca Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishgan va tez orada rasmiy bitim imzolanadi.
Shu tariqa, "Spartak"ning sobiq ustozini Italiyaning ushbu klubi iste’foga chiqarilgan Stefano Pioli o‘rnini egallaydi.
Vanoli 2024 yilning iyulidan 2025 yilning iyunigacha "Torino"ni boshqargan.
Ayni paytda "Fiorentina" A Seriya turnir jadvalida 10 o‘yinda 4 ochko to‘plagan holda 20-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist