«Vankuver Uaytkeps» Messi maydonga tushmagani sababli 347 ming dollar jarima toʻlaydi – The Athletic
MLSning «Vankuver Uaytkeps» klubi «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi bilan bog‘liq vaziyat sababli 347 ming dollar miqdorida jarima to‘laydi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, sud 2024 yilda «Vankuver»ga nisbatan berilgan jamoaviy da’vo talablarini qanoatlantirgan. Muxlislar futbol klubini reklama materiallarida Messining suratidan foydalangani, biroq futbolchi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani uchun sudga berishgan edi.
Qayd etilishicha, shunga o‘xshash holat tarkibda o‘yin reklamasi uchun suratlari ishlatilgan Serxio Buskets va Luis Suares yo‘qligi sababli ham yuzaga kelgan. Da’vochilardan biri Messini ko‘rish uchun Italiyadan Vankuvergacha uzoq yo‘l bosib kelgani, biroq uni maydonda ko‘rmaganini ta’kidlagan.
Xabarda aytilishicha, muxlislarning o‘zlari pul kompensatsiyasini olishmaydi — barcha mablag‘ xayriya ishlariga sarflanadi.