Van Nistelrooy Niderlandiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi
Uning so‘nggi jamoasi "Lester" klubi bo‘lgandi.
ФОТО: Getty images
Rud van Nistelrooy Niderlandiya terma jamoasi murabbiylar shtabidan o‘rin oladi.
Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi 1 fevraldan 2026 yilgi jahon chempionati oldidan Ronald Kumaning yordamchisiga aylanadi.
49 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi "Lester" bo‘lib, u yerda 2025 yilning yozigacha bosh murabbiy lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Rud Niderlandiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ikki marta - 2014-2016 va 2020-2021 yillarda faoliyat olib borgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist