locale OZ

Van Deyk: “Yana ikki yil “Liverpul”da qolish men uchun katta sharaf”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van Deyk: “Yana ikki yil “Liverpul”da qolish men uchun katta sharaf”
FOTO: Getty Images

“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk mersisaydliklar bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi. Gollandiyalik futbolchi bunda juda xursandligini ta'kidladi.

“Men o'zimni baxtli his qilyapman. Bu aql bovar qilmaydigan holat. Yana ikki yil “Liverpul”da qolish men uchun katta sharaf.

O'z qarorimga shubha qilmayman. Men bu yerda qolishni juda xohlardim”, - deya futbolchining so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun, van Deyk 2018-yildan buyon “qizillar” safida o'ynab kelmoqda. Klub ayni dam APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va chempion bo'lishga juda yaqin turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting