locale OZ

Van Deyk: «Tanqid — oʻyinning bir qismi, buni hammamiz tushunamiz, lekin u juda hurmatsizlik qildi»

«Liverpul» sardori Slotga noo‘rin savol bergan jurnalistni tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van Deyk: «Tanqid — oʻyinning bir qismi, buni hammamiz tushunamiz, lekin u juda hurmatsizlik qildi»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» jamoasi sardori Virjil van Deyk Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turi oldidan bosh murabbiy Arne Slotga qachon Xabi Alonso kelishi haqida savol bergan jurnalistni keskin tanqid qildi.

«Bu juda hurmatsizlik edi. Tanqid — o‘yinning bir qismi, buni hammamiz tushunamiz. Ammo, menimcha, aynan shu sababli o‘sha jurnalist hozir bu yerda yo‘q. Tanqid — ishimizning ajralmas qismi, biz bunga ko‘nikkanmiz va, rostini aytsam, bu mavsumdagi o‘yinlarimizni hisobga olsak, afsuski, u ma’lum darajada o‘zini oqlaydi, ayniqsa o‘tgan mavsum fonida», — deya van Deykning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turda «Liverpul» o‘z maydonida «Marsel»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Merseysaydliklar yetti turdan so‘ng 15 ochko jamg‘arib, Chempionlar Ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting