locale OZ

Van Deyk Saloh haqida: «Mo hamon jamoa yetakchisi va u biz bilan boʻlishi juda muhim»

«Liverpul» himoyachisi misrlik jamoadoshi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van Deyk Saloh haqida: «Mo hamon jamoa yetakchisi va u biz bilan boʻlishi juda muhim»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk jamoa forvardi Muhammad Saloh haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mo hamon yetakchi va jamoa sardori sifatida u biz bilan bo‘lishi hamda maydonga tushishi men uchun juda muhim, u jamoaga katta foyda keltirmoqda. U har doim jamoaga shunchaki gollardan ham ko‘prog‘ini beradi. Shubhasiz, ayni damda barcha e’tibor uning gollariga qaratilgan, chunki u juda yuqori standartlarni o‘rnatgan va kamroq gol urganida tanqidga uchramoqda.

Har qanday holatda ham Moning qolishini xohlayman, chunki u mening yaqin do‘stim va biz birgalikda ko‘plab yaxshi va yomon kunlarni boshdan kechirdik. Mo — «Liverpul»ning juda muhim o‘yinchisi va u haddan tashqari yuqori plankani o‘rnatib qo‘ygan.

Odamlar ko‘p muhim narsalarni tushunishmaydi. Keling, mavsum oxirigacha kutaylik va u qanchalik muhim bo‘lishi mumkinligini ko‘ramiz», — deya van Deykning so‘zlarini keltiradi BBC.

Joriy mavsumda Saloh klub safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting