locale OZ

Van Deyk Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi

Jahon chempionatidan so'ng bir qarorga keladi.
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Van Deyk Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi
ФОТО: Getty images

"Liverpul" va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk 2026-yilgi jahon chempionatidan keyin xalqaro faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"[JCh-2026] Niderlandiya terma jamoasi tarkibidagi so‘nggi turnirim bo‘ladimi-yo‘qmi, buni hali bilmayman. Bu haqda faqat jahon chempionati yakunlanganidan keyin o‘ylashni boshlayman. O‘shanda tiklanish va nihoyat o‘tgan mavsumda "Liverpul"da sodir bo‘lgan barcha voqealarni hazm qilish uchun ta’tilga chiqaman.

Umid qilamanki, men buni Jahon kubogini qo‘lga kiritgan holda qila olaman. O‘shanda men g‘alaba qozonaman — siz ham. Butun Niderlandiya, hammamiz birgalikda", — deya van Deykning so‘zlaridan iqtibos keltiradi NU.

Niderlandiya terma jamoasi futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatida F guruhida Yaponiya, Shvetsiya va Tunis jamoalari bilan o‘ynaydi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting