Van Deyk: «MYU»ni mag'lub etish haqida o'ylayapmiz»
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk APL 8-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan nimalar kutayotganini gapirdi.
"Manchester Yunayted"ga qarshi juda muhim o'yin kutib turibdi, men uni intiqlik bilan kutyapman. Bu o'tgan yili butun mavsum davomida ko'rsatganimizni yana bir bor namoyish etish imkoniyatidir. Shu sababli biz chempion bo'ldik va butun dunyo bo'ylab ko'plab odamlarni xursand qildik. Endi esa bu maqsadga erishish uchun bir-birimizga muhtoj ekanligimiz aniq.
Biz bor e'tiborimizni oldindagi vazifaga qaratganmiz – "Manchester Yunayted"ni mag'lub etish. Bu qiziqarli o'yin bo'ladi," – deya niderlandiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi Pro Soccer Talk.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 19 oktyabr kuni "MYU"ni qabul qiladi.