locale OZ

Van Deyk “Liverpul”ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin

Hozircha mersisaydliklar futbolchiga yangi kelishuv taklif qilish yoki uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van Deyk “Liverpul”ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin
Foto: Getty Images

“Liverpul” sardori Virjil van Deyk joriy mavsum yakunlangach klubni tark etishi mumkin. 35 yoshli niderlandiyalik himoyachiga Saudiya Arabistoni, MLS va Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda.

Van Deykning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi. Hozircha mersisaydliklar futbolchiga yangi kelishuv taklif qilish yoki uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klublari himoyachiga katta moliyaviy taklif bilan chiqishi mumkin. Van Deykning o‘zi ham kelajagi bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Van Deyk “Liverpul” safida 2018-yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting