Van Deyk: «Konate – fantastik himoyachi»
Mersisaydliklar sardori jamoadoshini himoya qildi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk jamoadoshi Ibraima Konateni himoya qildi.
"Konate – fantastik himoyachi. Jamoa hamjihatlik bilan o'ynamasa, mudofaa chizig'imiz zaif bo'lib qolishi mumkin. Bunday holatlar ba'zan bo'lib turadi.
Afsuski, xatolar – bu o'yinning bir qismi. Muhimi, ularga qanday munosabatda bo'lishing. Menimcha, Ibu so'nggi ikki o'yinda o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. U o'z ustida ishlamoqda, men ham," – deya van Deykning so'zlarini keltiradi Liverpool Zone.
Joriy mavsumda fransiyalik 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 23 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.