locale OZ

Van Deyk faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin

Van Deykning 'Liverpul' bilan tuzgan shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van Deyk faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

'Liverpul' sardori Virjil van Deyk faoliyatini 'Milan'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, transferga jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim qiziqish bildirayotgan ekan. Portugaliyalik mutaxassis bunga qadar APLda 'Manchester Yunayted'ni boshqargan.

Qayd etilishicha, 'Milan' mudofaa markazini kuchaytirish maqsadida 34 yoshli niderlandiyalik himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Van Deykning 'Liverpul' bilan tuzgan shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Biroq uning yuqori maoshi 'Milan' uchun asosiy to'siqlardan biri bo'lishi mumkin.

Hozirda niderlandiyalik futbolchi 'qizillar'da haftasiga 400 ming funt sterling maosh oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting